Shavkat Mirziyoyev OAV faoliyatini tanqid qildi
«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ma'ruza qildi.
Prezidentning ta'kidlashicha, fuqarolarda ham islohotlarga nisbatan daxldorlik hissi shakllanishi kerak. Ana shundagina ko‘zlagan maqsadlarga erishib, oldimizga qo‘yilgan vazifalarning to‘liq uddasidan chiqamiz.
«Bu jarayonda kuchli va ta'sirchan jamoatchilik nazoratining o‘rni beqiyosdir. Shu maqsadda kelgusi yildan boshlab “Jamoat fikri” portalini ishga tushirishga qaror qildik.
Hammamiz yaxshi tushunamiz, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari g‘oyat muhim o‘rin tutadi.
Men ommaviy axborot vositalari faoliyatini muntazam kuzatib boraman. Lekin, afsuski, islohotlar mohiyati, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar ijrosi bilan bog‘liq muammolar, aholi murojaatlari yuzasidan gazeta, tele va radiokanallarda tanqidiy maqola, ko‘rsatuv va eshittirishlar juda kam.
Vaholanki, islohotlar jarayonida ommaviy axborot vositalari xalq manfaatlarining chinakam himoyachisiga aylanishi lozim. Buning uchun ulardan shijoat, professional mahorat, xolislik va chuqur tahliliy salohiyat talab etiladi», - dedi u.
Mavzuga oid
19:46 / 07.12.2023
Shavkat Mirziyoyev: Konstitutsiyani to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llash amaliyotiga o‘tishimiz zarur
17:46 / 05.12.2023
Konstitutsiya bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
13:00 / 09.11.2023
Shavkat Mirziyoyev yana bir bor G‘azodagi voqealarga munosabat bildirdi
11:48 / 09.11.2023