Toshkentda 300dan ortiq bino va uylar issiqlik energiyasisiz qoldi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani va Yashnobod tumanidagi 300dan ortiq bino hamda uylar issiqlik energiyasisiz qoldi.
Toshkent hokimligi ma'lumotiga ko‘ra, «TOSHISSIQQUVVATI» DUK korxonasining Shahriobod (Du700) ko‘chasi bo‘ylab 1-IMdan issiqlik tarmoqlarida 2018 yil 6 dekabr kuni soat 13:00da avariya sodir bo‘ldi.
Avariya o‘zining foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan issiqlik tarmog‘ining uzatib beruvchi quvurida yorilish bo‘lganligi sababli kelib chiqqan. Avariya navbatchi brigadalar va isitish mavsumida shaharning issiqlik ta'minotini joyida uzluksiz ta'minlash uchun maxsus texnika yordamida soat 23:00da bartaraf etilgan.
«TOSHISSIQQUVVATI» DUK xodimlari tomonidan shu kabi hodisalar sodir bo‘lmasligi uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
18:38
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024