“G‘ishtko‘prik” chegara postida yashirincha olib o‘tilayotgan zargarlik buyumlari fosh etildi
O‘zbekistonga fuqarolar o‘z ehtiyojlari uchun 65 grammgacha zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo ushbu mahsulotlarni mamlakatga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlar hamon uchrab turibdi.
Ana shunday bir nechta urinishlar Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida aniqlandi.
Ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro R.N. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, egnidagi kurtkasining cho‘ntagidan hamda paypoqlarining ustki qismiga o‘rab yashirilgan, og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan qiymati qariyb 21 million so‘mlik, jami og‘irligi 696 gramm bo‘lgan 175 dona oq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini respublikamizga yashirib olib kelayotganida to‘xtatib qolindi.
Shu kabi yana bir holatda fuqaro N.G. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, egnidagi kurtkasining ichki cho‘ntagi, ikki oyog‘idan hamda oyoq kiyim ichiga yashirilgan oq rangli metalldan yasalgan qiymati 13,5 million so‘mlik, umumiy og‘irligi 451 gramm bo‘lgan, 136 dona zargarlik buyumlari mavjudligi aniqlandi.
Yana bir fuqaro Z.M.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, qo‘l yuklari orasida og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, qiymati 5 880 000 so‘mlik umumiy og‘irligi 196 gramm bo‘lgan 23 dona oq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini qo‘shni davlatdan olib kirayotganligi fosh etildi.
Ushbu post orqali respublikaga kirib kelayotgan fuqaro X.P.ning qo‘l yuklari orasida joylashgan konfetlar ichida, belgilangan me'yordan ortiqcha, qiymati 1 920 000 so‘mlik, umumiy vazni 64 gramm oq metalldan yasalgan 13 dona turli zargarlik buyumlari mavjudligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:10 / 31.10.2024
O‘zbekistonga zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxs to‘xtatildi
07:35 / 22.08.2024
“G‘ishtko‘prik” postida kuzatilayotgan tirbandliklar yuzasidan izoh berildi
13:11 / 29.05.2024
«G‘ishtko‘prik» posti orqali 30 ta ratsiyaning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
08:40 / 25.04.2024