Sport | 20:10 / 17.12.2018
9269
1 daqiqa o‘qiladi

Mixael Shumaxerning sog‘lig‘i yaxshilanayotgani ma'lum qilindi

“Formula 1” poygalarining 7 karra chempioni Mixael Shumaxerning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, 49 yoshli Shumaxer hech qanday moslamalarsiz, o‘zi mustaqil nafas olmoqda. Biroq sobiq poygachining sog‘lig‘i hali ham uzzukun parvarish va terapiyani talab qiladi. Ta'kidlanishicha, Shumaxerga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar haftasiga 50 ming funt sterlingni tashkil qiladi. U Shveytsariyada, Jyeneva ko‘li bo‘yidagi villasida tiklanmoqda. 

Shumaxer 2013 yil 21 dekabrda Alp tog‘larida chang‘i uchayotganda yiqilishi oqibatida bosh suyagi-miya jarohati olgan. Shundan keyin u komaga tushgan. 

Mavzuga oid