Toshkentdagi «Zarqaynar» majmuasi 87,9 mlrd so‘mga sotilmoqda
«O‘zbekneftgaz» profillanmagan aktivlarini sotishda davom etmoqda.
Kompaniya eng yirik va qimmat aktivlardan birining narxi bo‘yicha bir qarorga keldi - «O‘zbekneftgaz» «Muruvvat-teks» MChJ orqali egalik qiladigan «Modellar uyi galereyasi» MChJning 100 foizlik ulushi.
Xalq orasida «Zarqaynar» kompleksi deb ataluvchi obekt qariyb 90 mlrd so‘mga baholandi va auksion savdolariga qo‘yildi. Bu 2017 yilning kuzida ishga tushirilgan E-ijro onlayn-auksion ishi tarixidagi eng qimmat lotlardan biri hisoblanadi.
Bino 2005 yilda qurilgan, umumiy maydoni 1,2 ga., shundan 1.06 ga. ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Bino uch qavatdan iborat va 100ga yaqin xonaga ega. Birinchi qavatda ofis xonalari, ikkinchisida restoran va podium, uchinchisida ko‘rgazma zali joylashgan.
Boshlang‘ich narxi 87,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Zakalat miqdori - 4,3 mlrd so‘m. Arizalar 23 yanvarga qadar qabul qilinadi. Auktsionning o‘zi 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi MDS-Service klinikasiga xaridor ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024