Yevropa davlatlarida aholining oziq-ovqatga sarf-xarajatlari taqqoslandi
“RIA Reyting” agentligi Yevropaning 40 ta davlati, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyada aholining sarf-xarajatlari strukturasini o‘rganib, bu davlatlar aholisi oziq-ovqat mahsulotlariga qancha pul sarflashini aniqladi.
“RIA Novosti” axborot agentligi buyurtmasi bilan o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, Lyuksemburg aholisi oziq-ovqat mahsulotlariga o‘z byudjyetining 8,7 foizinigina ishlatar ekan. Yetakchi uchtalikka Buyuk Britaniya (10 foiz) va Niderlandiya (10,6 foiz) ham kirgan. Rossiyada bu ko‘rsatkich 31,2 foizni tashkil qilar ekan.
Bu boradagi eng past ko‘rsatkichlar Qozog‘iston, Moldova va Ukrainada qayd qilingan. Qozog‘iston va Moldova aholisi o‘z byudjyetining 40 foizini, Ukraina aholisi esa 50 foizini oziq-ovqatga ishlatishi aniqlangan.
Tadqiqotda milliy statistik xizmatlar, Rosstat hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma'lumotlari qo‘llangan.
Mavzuga oid
10:30 / 02.09.2024
SSV yangi o‘quv yili arafasida maktab oshxonalarida sotish taqiqlangan oziq-ovqatlar ro‘yxatini keltirdi
11:30 / 15.08.2024
Fridman Lyuksemburgdan 16 mlrd dollar talab qilyapti
19:41 / 01.08.2024
Anor ta’mli “Royal” ichimligi mashmashasi: Davlat idoralari nega qarama-qarshi fikrda?
13:13 / 31.07.2024