Qashshoqlar ustidan millionlab dollar pul sochgan millioner hibsga olindi
Gonkongda shaharning eng qashshoq kvartallaridan birida pul sochgan millioner hibsga olindi. Bu haqda CNN axborot portali xabar berdi.
Chinese 24 year old Bitcoin Millionaire Wong ching kit 黄鉦杰 AKA bi shao ye 币少爷 (Mr coin ) throws 100’s of millions of HKD from the roof top. He said “he feels as if he is god and he is responsible to teach the world about bitcoin.” Is this a sign of a bullrun incoming or ?! pic.twitter.com/IfgKykB0ME
— Mia Tam (@_blockandchain_) December 16, 2018
Xabarda aytilishicha, 24 yoshli biznesmen Von Chxin Kxit baland bino tomiga chiqib yuz million Gonkong dollarini (12 mln 900 ming AQSh dollari) sochgan. Odamlar pul terishga tushib ketishgan va ur-yiqit boshlangan.
Von «kambag‘allarga yordam berish uchun boylarni talashini» va «o‘zini odamlarga bitkoin haqida gapirib berishga majburdek his qilayotganini» aytgan. Politsiya uni jamoat tartibini buzishda ayblab qo‘lga oldi. Odamlardan terib olingan pullarni politsiya uchastkasiga olib borish so‘raldi.
Von 2012 yilda telefon o‘g‘irlashda ayblanib qo‘lga olingandi. 2017 yilda u odamlarni oltinga pul tikishga chaqirgan va ularning pullarini olib g‘oyib bo‘lgan firibgarlarga aloqadorlikda ayblangan. Von shuningdek, moliyaviy piramidalardan birining asoschisi deb ham hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:08 / 20.01.2024
250 dan ziyod millioner boylik solig‘ini oshirishga chaqirdi
10:17 / 01.12.2023
Bill Geytsdan yil yakunida 3 ta kitob – milliarder qanday kitoblar tavsiya qildi?
17:38 / 13.06.2023
2022 yilda qaysi davlatlardan eng ko‘p millionerlar ko‘chib ketgani ma’lum bo‘ldi
09:08 / 02.06.2023