Sport | 22:33 / 22.12.2018
7925
1 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Atletiko» g‘alaba qozonib, «Barselona»ga yetib oldi

Ispaniya chempionatida 17-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Atletiko» o‘z maydonida «Espanol» bilan o‘ynadi va Grizmanning penaltidan urgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Bu natijadan so‘ng, «Atletiko» 34 ochko jamg‘arib, peshqadam «Barselona»ga yetib oldi. «Espanol» 21 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

La Liga, 17-tur
Atletiko – Espanol 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 56, penalti Grizmann. 
Atletiko – Oblak, Godin, Savich, Aryas, Rodri Ernandes, Saul, Koke, Parti (Jyelson Martinsh, 77), Korrea (Montero, 72), Kalinich (Vitolo, 65), Grizmann.
Espanol – Lopes, Duarte, David Lopes, Vila (Pedrosa, 82), Naldo (Melendo, 72), Granero, Darder, Rosales, Iglesias, Garsiya (Pyatti, 70), Baptistao.
Ogohlantirishlar: Oblak (85), Granero (88).

Mavzuga oid