O‘zbekiston | 11:15 / 22.12.2018
33855
2 daqiqa o‘qiladi

Yer kodeksiga qo‘shimcha kiritildi

Qishloq xo‘jaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun prezident tomonidan imzolandi.

“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Yer kodeksi hamda Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda dehqon xo‘jaligi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkasi tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bo‘lgan yosh fuqarolarga ham beriladi. 

Ilgari bunday uchastkalar faqat oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga berilgan.

Mavzuga oid