Pentagonga yangi rahbar tayinlandi
AQSh mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Patrik Shanaxan 2019 yil 1 yanvardan Pentagon rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi sifatida ish boshlaydi. Bu haqda tvitterda AQSh prezidenti Donald Tramp xabar qilgan.
“Mudofaa vazirining iste'dodli birinchi o‘rinbosari Patrik Shanaxan 1 yanvardan Pentagon rahbari lavozimini vaqtinchalik egallaydi. Patrik o‘rinbosar bo‘lib ishlaganda katta muvaffaqiyatlarga erishgan”, deb yozgan Tramp.
Pentagonning amaldagi rahbari Jyeyms Mettisning iste'foga ketishini 20 dekabrda Tramp ma'lum qilgan. Mettisning iste'foga chiqish haqidagi murojaatida u bu qarorni prezident bilan qarashlari turlicha bo‘lgani sababli qabul qilayotgani ma'lum qilingan.
Shanaxan mehnat faoliyatini 1986 yilda Boeing’da ishlash bilan boshlagan. U kompaniyada bir qator rahbar lavozimlarini egallagan. 2017 yil yozida mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlangan.
Mavzuga oid
11:30 / 17.09.2024
Pentagon Nigerdan AQSh kuchlarini olib chiqishni yakunladi
12:59 / 17.08.2024
Pentagon: Yaqin Sharqdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatyapmiz
15:11 / 10.08.2024
Pentagon Ukrainaga qo‘shimcha yordam ajratdi
21:37 / 05.08.2024