Pentagon hujjatlarini oshkor etishda ayblangan shaxs 15 yilga qamaldi
Ukrainadagi urush haqidagi maxfiy harbiy hujjatlarni oshkor qilishda ayblangan AQSh Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisi Jyek Teysheyra 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. U avvalroq aybini tan olgan.
Amerikalik 22 yoshli harbiy IT-mutaxassis Jyek Teysheyra o‘z mamlakatining milliy mudofaasiga oid maxfiy ma’lumotlarni, jumladan, Ukrainadagi urushga oid maxfiy harbiy hujjatlarni oshkor qilgani uchun 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Massachusets shtati Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisiga 12 noyabr, seshanba kuni federal sudya hukm chiqardi. Sudda Teysheyra hukmga munosabat bildirmadi.
Adliya vaziri Merrik Garland o‘z bayonotida: «Jyek Teysheyra anonim onlayn do‘stlarini hayratda qoldirish uchun milliy mudofaa haqidagi maxfiy ma’lumotlarni bir necha bor ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan» dedi. Okrug prokurori Joshua Leviga ko‘ra, u AQSh tarixidagi eng muhim razvedka ma’lumotlarining sizib chiqishi uchun mas’ul, bu Qo‘shma Shtatlarga «o‘ta jiddiy va uzoq muddatli zarar» keltirdi, boshqa harbiy xizmatchilarni xavf ostiga qo‘ydi va AQShning ittifoqchilar bilan munosabatlariga putur yetkazdi.
2024 yil mart oyida, hibsga olinganidan deyarli bir yil o‘tib, Jyek Teysheyra josuslik to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, milliy mudofaa ma’lumotlarini qasddan saqlash va uzatishda oltita band bo‘yicha aybini tan oldi.
Ukrainadagi urush bo‘yicha AQSh razvedka ma’lumotlari sizdirilishi
2019 yil sentabr oyida Milliy gvardiya safiga qo‘shilgan va 2021 yilda o‘ta maxfiy hukumat hujjatlarini ko‘rish uchun rasmiy ruxsat olgan Jyek Teysheyra 2023 yil 13 aprelda geymerlar orasida mashhur Discord ijtimoiy media platformasidagi Thug Shaker Central chat guruhida paydo bo‘lgan maxfiy hujjatlarning sizib chiqishi bilan bog‘liq holda qo‘lga olingan edi. AQSh rasmiylariga ko‘ra, Teysheyra birinchi marta 2022 yil oktyabr oyida u yerda maxfiy ma’lumotlarni joylashtirgan.
The New York Times gazetasining yozishicha, Teysheyra aloqador bo‘lgan maxfiy ma’lumotlarning birinchi e’lon qilinishi 2022 yilning fevralida sodir bo‘lgan. Rossiyaning Ukrainaga tajovuzkor hujumidan keyin 48 soatdan kamroq vaqt o‘tgach, profili Teysheyraning profiliga mos keladigan foydalanuvchi boshqa bir Discord chat guruhida «Pentagonning hujum uchun (RF QK) kuchlarning uchdan bir qismi foydalanilayotgani haqidagi hisobotini ko‘rganini» yozgan Foydalanuvchining qo‘shimcha qilishicha, u AQSh harbiy-havo kuchlarining razvedka bo‘limida xizmat qiladi. Boshqa xabarlarda Teysheyra Ukrainaga qaysi davlatlar harbiy yordam berayotgani haqidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashgan va harbiy rejalar bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini joylashtirgan.
Massachusets shtatidagi Otis Milliy gvardiya bazasida 102-razvedka qanotidan Teysheyraning 15 nafar safdoshi maxfiy ma’lumotlarning ommaviy ravishda sizib chiqishi tufayli intizomiy jazoga tortildi. Havo kuchlarining ichki tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, ular sizib chiqish oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rmagan.
Mavzuga oid
07:56 / 13.11.2024
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
09:00 / 30.10.2024
Pentagon: KXDRning oz sonli askarlari - RFning Kursk oblastida
13:10 / 25.10.2024