Pentagon rahbari Livan harbiylariga qilingan hujumdan xavotir bildirdi
Lloyd Ostin isroillik hamkasbi bilan Isroilning Livanga hujumlari va G‘azodagi gumanitar vaziyatni muhokama qildi.
AQSh mudofaa vaziri Lloyd Jyeyms Ostin Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant bilan telefon suhbatida Livan qurolli kuchlariga hujumlar haqidagi xabardan xavotir bildirdi.
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Ostin isroillik hamkasbi bilan Isroilning Livanga qilgan hujumlari va G‘azodagi gumanitar vaziyatni muhokama qilgan.
Ostinning ta’kidlashicha, Isroilga yuborilgan THAAD raketaga qarshi mudofaa batareyasi Qo‘shma Shtatlarning Isroil xavfsizligiga qat’iy sodiqligini anglatadi.
Vazir, shuningdek, Isroil hukumatini G‘azodagi og‘ir gumanitar vaziyatni hal qilish, shuningdek, asirlarni ozod etish va sulhga erishish imkoniyatlarini baholash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.
Ostin Livan armiyasi va BMTning Livandagi tinchlikparvar kuchlari (UNIFIL) xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rish muhimligini ta’kidlab, Livan qurolli kuchlariga hujumlardan chuqur xavotir bildirdi.
Mavzuga oid
09:00 / 30.10.2024
Pentagon: KXDRning oz sonli askarlari - RFning Kursk oblastida
11:00 / 26.10.2024
BMT xalqaro hamjamiyatni Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga faolroq intilishga chaqirdi
09:30 / 25.10.2024
Livanga yordam berish uchun Parijda taxminan 1 mlrd yevro yig‘ildi
12:20 / 24.10.2024