Jahon | 11:00 / 26.10.2024
298
2 daqiqa o‘qiladi

BMT xalqaro hamjamiyatni Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga faolroq intilishga chaqirdi

Livan gumanitar inqiroz yoqasida, deydi BMTning Livan bo‘yicha maxsus koordinatori o‘rinbosari.

Livan gumanitar inqiroz yoqasida. Bu haqda BMTning Livan bo‘yicha maxsus koordinatori o‘rinbosari ma’lum qildi va xalqaro hamjamiyatni Isroil va «Hizbulloh» harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishga faolroq intilishga chaqirdi.

Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Parijda Livan aholisi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlash xalqaro konferensiyasida so‘zga chiqqan Imron Rizo mamlakatdagi tinch aholining ahvolidan jiddiy xavotir bildirgan. «Urush davom etar ekan, insonparvarlik ehtiyojlari ortib, azob-uqubatlar kuchayadi», dedi u.

Livan bo‘yicha maxsus koordinator Janine Hennis-Plassxart konferensiyada allaqachon falokatli vaziyatda janglarni to‘xtatish uchun aniq harakatlar zarurligini aytdi.

Uning eslatishicha, BMT 2023 yilda Livandagi vaziyat bo‘yicha 2,72 milliard dollarlik javob rejasini ishga tushirgan va shu oyda xalqaro hamjamiyatga mamlakatga yordam berish uchun 426 million dollar so‘rab shoshilinch murojaat qilgan.

Biroq, sulh bo‘lmasa, deb ta’kidladi Xennis-Plassxart, Livandagi ehtiyojlar faqat o‘sib boradi.

Mavzuga oid