Jahon | 10:30 / 29.10.2024
3915
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi: G‘azo shimolidagi aholi chidab bo‘lmas ahvolda

Antonio Guterrishning aytishicha, u mintaqadagi vayronagarchilik ko‘lamidan «shok holatda».

Foto: Anadolu Agency

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish G‘azo shimolida qamalda qolgan falastinlik tinch aholining ahvolini chidab bo‘lmas deb atadi. Bu haqda jahon tashkiloti rahbari vakili Stefan Dyujarrik bayonot berdi.

Guterrishning ta’kidlashicha, u eksklav shimolidagi vayronagarchilik ko‘lamidan «shok holatda».

Bosh kotibning ta’kidlashicha, Isroil mintaqaga insonparvarlik yordami yetkazish urinishlariga to‘sqinlik qilmoqda, bu esa juda ko‘p sonli odamlarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

Shuningdek, u G‘azoda poliomiyelitga qarshi emlash kampaniyasining kechiktirilishi minglab bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yishi haqida ogohlantirdi.

BMT bosh kotibi yana G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

Mavzuga oid