“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari lavozimlari tugatildi
Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari lavozimlari tugatilib, profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari lavozimi joriy etildi. Ular huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ichki ishlar organlariga yordam ko‘rsatadi.
Biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasi pasaygan, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari o‘z vaqtida ko‘rilgan hollarda bir vaqtning o‘zida fuqarolar yig‘inlari raislari va faollari, profilaktika inspektorlari va ularning yordamchilari hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan a'zolari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, profilaktika inspektorlarining yordamchilariga tegishli tavsiyaga asosan ichki ishlar organlarining oliy ta'lim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kvota asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi.
Profilaktika inspektorlari yordamchilari lavozimlari, qoida tariqasida, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega a'zolari orasidan jamlanishi belgilab qo‘yildi.
Mavzuga oid
20:12 / 08.04.2024
Ramazon hayiti 10 aprel kuni nishonlanadi
15:56 / 01.02.2024
Xususiy maktablar ochishni rag‘batlantiruvchi choralar belgilandi
23:36 / 12.04.2023
Dala chetlarini o‘zlashtirish, ularda mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha prezident qarori imzolandi
21:38 / 29.03.2023