Sport | 12:33 / 03.01.2019
12531
1 daqiqa o‘qiladi
2018 yilning eng yaxshi darvozabonlari ma'lum bo‘ldi
Fransiyaning L’Equipe jurnali 2018 yilning eng yaxshi darvozabonlarini e'lon qildi.
Ro‘yxatga Alisson («Liverpul», Braziliya terma jamoasi), Janluiji Buffon («PSJ»), Tibo Kurtua («Real», Belgiya terma jamoasi), Kepa Arrisabalaga («Chelsi»), Ugo Loris («Tottenhem», Fransiya terma jamoasi), Keylor Navas («Real», Kosta Rika terma jamoasi), Yan Oblak («Atletiko», Sloveniya terma jamoasi), Jordan Pikford («Everton», Angliya terma jamoasi), Mark-Andre ter Stegen («Barselona», Germaniya terma jamoasi), Igor Akinfeyev (TsSKA, Rossiya terma jamoasi) kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 yakuniga ko‘ra, Belgiya terma jamoasi posboni Tibo Kurtua eng yaxshi darvozabon deb topilgan edi.