Apple aksiyalari 9,4 foizga arzonlashib ketdi
AQShning Apple kompaniyasi aksiyalari smartfonlar savdosidagi muammolar sababli tushumning kamayib ketishi haqidagi prognozlardan keyin 9 foizdan ko‘proqqa arzonlashib ketdi.
Kompaniyaning Nasdaq birjasidagi aksiyalari narxi 9,4 foizga arzonlashib, 143,07 dollarni tashkil qilgan.
Avvalroq kompaniya rahbari Tim Kuk investorlarga maktubida iPhone’lar sotilishi sur'ati sekinlashishi kutilayotgani haqida ma'lum qilgan. U buning asosiy sababi sifatida AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushini ko‘rsatgan. Kukning maktubida, shuningdek, Apple oxirgi chorakda 84 mlrd dollarlik tushum kutayotgani aytilgan. Vaholanki, 2 oy avval kompaniya bu qiymat 89 mlrd dollardan 93 mlrd dollargachani tashkil qilishini prognoz qilgandi.
Mavzuga oid
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
21:44 / 17.09.2024
Apple korporatsiyasi iOS 18 operatsion tizimini chiqardi
21:01 / 16.09.2024
iPhone 16 dastlabki savdolari Apple kutganidan past bo‘ldi
21:52 / 13.09.2024