Niger armiyasi “Boko harom”ning 200 ga yaqin jangarisini yo‘q qildi
Niger hukumat armiyasi quruqlikdagi va havodagi kuchlarni qo‘llagan holda o‘tkazgan katta ko‘lamli operatsiya vaqtida “Boko harom” radikal guruhining 200 ga yaqin jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, armiya jangarilarning Nigerning janubidagi Chad ko‘lidagi pozitsiyalariga hujum qilgan. Operatsiya 28 dekabrda boshlangan. Niger armiyasi asosiy zarbani Komadugu daryosi vodiysidagi hamda Chad ko‘lidagi orollardagi jangarilarga bergan.
Kuzatuvchilarning ma'lum qilishicha, jangarilar daryo va suv havzalari yaqinidagi botqoqli joylarda o‘ziga panohgohlar va qurol saqlanadigan joylar tashkil etadi. Niger rasmiy vakillarining ta'kidlashicha, operatsiya vaqtida armiya birorta talofat ko‘rmagan.
Dekabr oyida Niger qo‘shni Nigeriyadagi vaziyatdan xavotir bildirgan. Nigeriyada 2018 yil davomida hukumat qo‘shinlari muntazam jangarilar hujumiga uchrab kelgan.
Mavzuga oid
11:30 / 17.09.2024
Pentagon Nigerdan AQSh kuchlarini olib chiqishni yakunladi
14:55 / 12.08.2024
Nigerda kuchli yog‘ingarchilik 94 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
15:53 / 09.08.2024
Kiyev: Niger rasmiylarining Ukrainaga qarshi ayblovlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi
07:31 / 07.08.2024