Magnitogorsk fojiasi. Barcha qurbonlarning shaxsi aniqlandi
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarining o‘rinbosari Aleksandr Chupriyan ma'lum qilishicha, Magnitogorskda uy qisman qulashi oqibatida halok bo‘lgan barcha 39 kishining shaxsi aniqlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
U vayronalar ostidan chiqarib olingan so‘nggi jasadning shaxsi aniqlanganiga doir savolga ijobiy javob qaytargan. Xabar berilishicha, bu ayol kishi bo‘lgan.
Avvalroq, Rossiya FVV Magnitogorskda qidiruv-qutqaruv amaliyoti tugaganini e'lon qilgandi.
Aleksandr Chupriyanning aytishicha, vayronalar ostidan so‘nggi jasad chiqarib olindi. Shuningdek, binoda boshqa kishilar yo‘q.
«Qidirish-qutqaruv amaliyoti tugallandi», - dedi Chupriyan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Magnitogorskda yo‘nalishli taksidan uch kishining jasadi topilgani, tergov uydagi portlash terakt emasligini bildirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
20:52 / 30.08.2024
Germaniyada Ukraina uchun qurol ishlab chiqaradigan Diehl kompaniyasi zavodida portlash sodir bo‘ldi
00:20 / 25.08.2024
Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi
10:29 / 27.07.2024