Osiyo Kubogi mezbonlar uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi
Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi start oldi.
Musobaqaning ilk o‘yinida A guruhi vakillari BAA va Bahrayn terma jamoalari bellashdi.
O‘yinning 79-daqiqada Rohaymiy gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 88-daqiqada Ahmad Xalil o‘ta shubhali tarzda belgilangan penaltini (to‘p mehmonlar jarima maydonidan uzoqlashtirilganda avvaliga hakam o‘yinni davom ettirishni ko‘rsatdi, keyin qarorini o‘zgartirib, 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi, u to‘p himoyachilardan birining qo‘liga tekkan deb topdi) aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Bu natija o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmadi.
Guruhning yana bir o‘yinida ertaga Tailand va Hindiston bellashadi.
Osiyo Kubogi
A guruhi, 1-tur
5 yanvar
BAA – Bahrayn 1:1
Gollar: Ahmad Xalil (88 pen) – Romayhiy (79)
Mavzuga oid
10:50 / 23.09.2024
BAA O‘zbekistonda DXSh loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda
11:24 / 29.08.2024
OAV: BAA banklari Xitoy elektronikasi uchun Rossiyadan to‘lovlarni bloklamoqda
12:06 / 06.08.2024
BAA va Fransiya yetakchilari Yaqin Sharqdagi keskinlikni muhokama qildi
21:38 / 24.04.2024