Jahon | 21:09 / 10.01.2019
24540
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda 130 yoshli timsohning dafn etilishiga 500 kishi keldi 

Hindistonda 500 kishi timsohni “oxirgi manzili”ga kuzatib qo‘ydi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar berdi. 

Gangaram laqabli timsoh hovuzda yashagan va yaqin oradagi qishloqlar aholisining yoqimtoyiga aylangandi. Mutaxassislarning aniqlashicha, timsoh 130 yoshida qarilikdan o‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, timsoh tantanali ravishda dafn etilgan: u qabri oldiga gullar bilan bezalgan traktorda olib kelingan.

Mahalliy aholining aytishicha, timsoh do‘stona fe'li bilan ajralib turgan.

“Hattoki bolalar ham uning yonida bemalol suza olishgan va Gangaram hech qachon ularga tashlanmagan, hech kimga ziyon yetkazmagan. U timsoh emas, do‘st edi”, deb aytgan hovuz yaqinida yashovchi kishilardan biri.

Ta'kidlanishicha, timsoh guruch va loviya bilan boqilgan. Yaqin oradagi qishloq aholisi timsohning qabri ustida unga atab haykal o‘rnatmoqchi.

Mavzuga oid