Jahon | 10:07 / 14.01.2019
19461
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar eng kuchli og‘riqlar reytingini tuzishdi

Foto: Shutterstock

Stenford universitetidagi Anesteziologiya va og‘riq tadqiqotlari instituti inson his qilishi mumkin bo‘lgan eng kuchli og‘riq turlari reytingini tuzishdi.

Reytingga ko‘ra, uch shoxli nervning yallig‘lanishi eng kuchli og‘riq berar ekan. Bu og‘riqni his qilganlar uni 10 balli shkaladan 10 ballga baholashgan. Ayollarning aytishicha, bu og‘riq tug‘uruq vaqtidagi og‘riqdan ham kuchliroqdir.

Keyingi o‘ringa surunkali og‘riqlar, jumladan eski jarohatlar qo‘zg‘aydigan og‘riqlar qo‘yilgan. Bu og‘riqlarni bostirish yoki nazoratga olishning imkoni yo‘q.

Og‘riqlar reytingining 3-o‘rniga onkologik kasalliklar va kimyoterapiya natijasida paydo bo‘luvchi og‘riqlar qo‘yilgan. Olimlarning tushuntirishicha, saratonda olingan kimyoterapiyadan keyingi barqaror remissiya (kasallikning kuchsizlanishi yoki alomatlarining yo‘qolishi) holatida ham qo‘l-oyoqlarda kuchli og‘riq saqlanib qoladi.

Mavzuga oid