Prezidentning Hindistonga tashrifi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan «Jo‘shqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun 2019 yil 17-18 yanvar kunlari ushbu mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Davlatimiz rahbari sammit yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi, shuningdek, O‘zbekiston – Hindiston hamkorligi, xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalarini muhokama qilish uchun Bosh vazir Narendra Modi bilan muzokaralar o‘tkazadi», deyiladi xabarda.
Bosh vazir Narendra Modi tashabbusi bilan 2003 yildan buyon Gandinagar shahrida o‘tkazib kelinayotgan «Jo‘shqin Gujarat» sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forum hisoblanadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, xalqaro tashkilot va transmilliy korporatsiyalar rahbarlari, yetakchi tahlilchilar, ekspertlar ishtirok etadi.
An'anaga ko‘ra, global iqtisodiyotni rivojlantirish, savdo sohasidagi sheriklikni kengaytirish, investitsiyalar jalb qilish, ilg‘or texnologiyalar va bilimlar almashishga doir dolzarb masalalar forum ishtirokchilari diqqat markazida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 30 sentabr – 1 oktabr kunlari Hindistonda tashrif bilan bo‘lgandi. Tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti Hindiston rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024