Prezident huzurida Ekspert kengashi tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni maslahat va ekspertlik jihatidan ta'minlashni amalga oshirish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ikki oy muddatda quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasini kiritadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi tarkibi, bunda uning tarkibiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, atoqli davlat va jamoat arboblari, olimlar, jumladan, xorijiy davlatlar fuqarolari va xorijdagi vatandoshlarni kiritish nazarda tutiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizom.
Mavzuga oid
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
15:14 / 25.07.2024
Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi
11:12 / 25.05.2024
Adliya organlarining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari belgilandi
10:08 / 25.05.2024