Osiyo Kubogi. Bugun nimchorak finalda 3ta o‘yin
Bugun, 20 yanvar kuni Osiyo Kubogida nimchorak final o‘yinlari boshlanadi.
Pley-offning birinchi kunida 3ta o‘yin bo‘lib o‘tadi va chorak finalning dastlabki ishtirokchilari aniqlanadi.
Dastlab B guruhi g‘olibi, Avstraliyani ikkinchi o‘rinda qoldirgan Iordaniya D guruhida uchinchi o‘rinni olib nimchorak finalga chiqqan Vetnamga (vetnamliklar Livanga nisbatan bitta kam sariq kartochka olgani evaziga pley-offga chiqishdi) qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:00da, Dubaydagi «Al Maqtum» stadionida boshlanadi.
C guruhida Janubiy Koreyadan keyin ikkinchi bo‘lgan Xitoy esa chorak final yo‘llanmasi uchun Tailandga qarshi (tailandliklar A guruhida BAAdan keyingi ikkinchi o‘rinni egallashgan) maydonga tushadi. Bu bahs Al Ayn shahridagi «Hazza Bin Zayd» stadionida, Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Kunning uchinchi o‘yini turnir favoriti, D guruhida peshqadam bo‘lgan Eron hamda O‘zbekiston bilan guruhda uchinchi bo‘lgan Ummon o‘rtasida kechadi. Bu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00da, Abu Dabi shahridagi «Muhammad Bin Zayd» stadionida boshlanishi belgilangan.
Nimchorak final o‘yinlari 21-22 yanvar kunlari ham davom etadi. Chorak final bahslari 24-25 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
02:13 / 30.11.2022
JCh-2022. Angliya Uelsni, AQSh Eronni mag‘lub etib 1/8 finalga yo‘llanma oldi
12:36 / 19.08.2020
O‘zbekiston - Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirildi
16:19 / 02.02.2019
Eronning Osiyo Kubogidagi ishtirokini to‘lig‘icha Qatar moliyalashtirgan – Keyrush
22:41 / 28.01.2019