«Barselona» de Yong transferini hal qildi
«Ayaks» yarimhimoyachisi Frenki de Yong faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi prezidenti Jozep Bartomeu boshchiligidagi delegatsiya ayni vaqtda muzokaralarni yakunlash uchun Amsterdamda bo‘lib turibdi.
Goal nashri ma'lumotida aytilishicha, 21 yoshli futbolchi «Barselona»da eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Katalonlar klubi unga yiliga 10 million yevro to‘lashga tayyor, shuningdek o‘yinlar soni va sovrinlar uchun 6 million yevro miqdorida bonuslar ko‘zda tutilgan.
«Barselona» odatda yosh futbolchilarga ko‘p miqdorda maosh bermaydi, ammo «Barsa» rahbariyati de Yong borasida istisno qilishga qaror qilgan.
Bundan avvalroq, de Yong katalonlar klubini tanlagani haqida xabar berilgandi. «Barselona» «Ayaks»ga 21 yoshli futbolchi transferi uchun 75 million yevro to‘laydi. Unga «Pari Sen-Jyermen», «Manchester Siti» va «Yuventus» kabi grand klublar ham jiddiy qiziqish bildirishgandi.
Mavzuga oid
13:34
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
12:52 / 27.10.2024