Sport | 13:43 / 23.01.2019
15456
2 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedovning otasi jangchi uchun uch nafar raqib topdi

Foto: khabib.com

Aralash yo‘nalish (MMA) jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘li faoliyatini yakunlashdan oldin uchrashishi mumkin bo‘lgan uch nafar sportchini ma'lum qildi. U bu jangchilar ismini Instagram’da yozgan.

Katta Nurmagomedovning ma'lum qilishicha, o‘g‘li MMA jangchilari Jorj Sen-Per va Toni Fergyuson, shuningdek bokschi Floyd Meyuezer bilan jang qilishi kerak. «Uch yigit. Keyin u faoliyatini tugatib, tarixdagi eng buyuk sportchi bo‘la oladi», - deya yozgan sportchining otasi.

Dekabr oyida Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘li faoliyati yakuniga qadar uch yoki to‘rtta jang o‘tkazishini ma'lum qilgandi. Ulardan faqat bittasi Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) shafeligi ostida bo‘lib o‘tadi. Jangchi promoushenning yengil vazndagi chempioni sanaladi, u oktabr oyida irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lub etib, unvonini himoya qildi.

Shundan so‘ng 30 yoshli sportchi oktagonga chiqmadi. U Meyuezerni jangga chaqirdi, biroq bokschi bahs boks qoidalariga muvofiq bo‘lib o‘tsa faoliyatini tiklashga rozi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov bilan Rossiyada jang o‘tkazishga tayyorligini e'lon qilgandi.

Mavzuga oid