Jahon | 12:59 / 24.01.2019
3658
1 daqiqa o‘qiladi

Karlos Gon Renault rahbari lavozimini tark etdi

Foto: REUTERS

Fransiya iqtisodiyot va moliya vaziri Bryuno Le Merning Bloomberg Television’ga bergan intervyusida xabar berishicha, Yaponiyada hibsga olingan Karlos Gon Renault - Nissan - Mitsubishi avtomobil alyansi rahbari lavozimidan ketdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Gon 23 yanvar kuni kechqurun o‘z lavozimini tark etgan.

Qayd etilishicha, bugun, 24 yanvar kuni soat 9.00da (Toshkent vaqti bilan 13.00) yig‘ilish bo‘lib o‘tadi, unda Michelin rahbari Jan-Dominik Senarni uni lavozimiga tayinlash masalasi ko‘rib chiqiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karlos Gon noqonuniy yo‘l bilan 8 mln yevro olishda ayblangandi.

Mavzuga oid