O‘zbekiston | 14:53 / 24.01.2019
53673
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi harbiy institut tashkil etildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi qaroriga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistondagi birinchi harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy ta'lim muassasasi bo‘lib, u oltita yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofitser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi:

• aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
• maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
• axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
• radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
• havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
• havo hujumidan mudofaa zenit-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi.

Shuningdek, yangi tashkil etilgan harbiy institut Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnoma bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Mavzuga oid