Sport | 08:40 / 26.01.2019
5732
2 daqiqa o‘qiladi

«Monako» Jardim qaytganini rasman e'lon qildi. Anri ishdan bo‘shatildi

Foto: REUTERS/Eric Gaillard

«Monako»da bosh murabbiy o‘zgardi.

Knyazlik klubi Leonardu Jardim qaytgani va u bila 2021 yilga qadar amalda bo‘luvchi shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

44 yoshli Jardim «Monako»ni 2014 yildan buyon boshqargan. Uning rahbarligida klub 2016/17 yilgi mavsumda Fransiya chempioni bo‘lgan. 2018 yilning 11 oktyabrida  portugaliyalik mutaxassis qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo‘shatildi. Ammo uning o‘rnini egallagan Terri Anri ham vaziyatni o‘nglay olmadi. Qolaversa, fransiyalik mutaxassis monegaskliklar jamoasi futbolchilari bilan ziddiyatga bordi va rahbariyat uni ham iste'foga chiqardi.

21 turdan keyin «Monako» 15 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.

Jardim 26 yanvar kuni «Dijon»ga qarshi o‘yinda jamoani boshqarmaydi, ammo klub bilan safar o‘yiniga boradi. Bu o‘yinga jamoani Frank Passi boshlab tushadi.

Mavzuga oid