Light | 17:26 / 28.01.2019
28087
3 daqiqa o‘qiladi

Qanday qilib farzand bilan muloqotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak?

Farzandingiz bilan munosabatlaringiz qanchalik yaqin va o‘zaro ishonchga qurilgan? «Ishlaring qalay?», «Maktabda hammasi joyidami?» va «Tushlik qildingmi?» qabilidagi savollarni ayrimlar to‘laqonli muloqot sanashadi.

Boshqacha vaziyat ham bo‘lishi mumkin. Siz jigarbandingiz bilan chin dildan muloqot qilish va uni tinglashdan mamnunsiz, biroq u barcha dialoglarni «ildizi bilan kesib tashlaydi».

Foto: Unsplash

Muloqotni qanday yo‘lga qo‘yish kerak?

Maykl Parker o‘zining «Farzandlar bilan murakkab mavzulardagi suhbatlar» kitobida ota-onalarga quyidagi tavsiyalarni beradi.

Bola – muhokamalarning teng huquqli ishtirokchisi

Bolani o‘z fikrini bayon etish va qarorlar qabul qilishda ishtirok etadigan to‘laqonli suhbatdoshlar qatoriga o‘tkazish zarur. Oilaviy masalalarni hal qilayotganda farzandlarning so‘ziga quloq solmaslik holatlari qanchalik tez-tez sodir bo‘ladi? Kuchlarning bunday tuzilishi bolani kamsitadi. U jim bo‘ladi va o‘zini qadrsizdek his etadi.

Muloqotni qanday boshlagan ma'qul?

Ota-onalar ko‘pincha bolani suhbatga qanday jalb etishni bilishmaydi.

Siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:

Keng qamrovli savollarni shakllantiring.

Foto: Unsplash

Muqobil fikrni taklif eting

Boladan misol keltirishi va o‘z tanlovini ochib berishini so‘rang.

Bolaga biror masalada o‘zini «bilag‘on» kabi his etishga ruxsat bering.

His etish chegaralarini kengaytiring: voqealarni yaxshi va yomon, to‘g‘ri va noto‘g‘riga ajratmang. Vaziyatni har tomonlama tushuntiring.

G‘ayrioddiy savollar berishga o‘rgating

Mexanik savollarga hatto kattalar ham mexanik javob berishadi. G‘oyalaringizni shunday shakllantiringki, bola o‘z javobini to‘liq ochib bera olish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Uni hikoya qilish va vaziyatni tushuntirishga undang. «Nima uchun?» savolini turli talqinlarda tez-tez bering. 

Mavzuga oid