Jamiyat | 16:55 / 28.01.2019
8382
1 daqiqa o‘qiladi
Qo‘shnisining uyidan 21 mln so‘m pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
2019 yil 26 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yashovchi M.U.ning uyiga devor orqali kirib, xonasidan 21 mln so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni uy egasining qo‘shnisi M.T. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
11:59 / 05.11.2024
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysidan yangi baliq turini topdi
09:40 / 02.11.2024
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
19:32 / 30.10.2024