O‘zbekiston | 23:56 / 28.01.2019
51808
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Orolning qurigan maydonida chuchuk suv topildi

Orol dengizining janubi-g‘arbiy qismidagi sobiq Vozrojdeniye orolida chuchuk suv topildi. Bu haqda O‘zA axborot agentligi xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, suv 260-280 metr chuqurlikda topilgan. Suv sarfi soniyasiga 7 litrni tashkil qilayotgan bu suvning minerallashuvi 3 gramm, qattiqligi 6 milligramm ekvivalentga teng.

Mo‘ynoq tumani hokimi Saylaubay Daniyarovning aytishicha, ushbu holat hududda chorvachilikni rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. 

Tadqiqotchilar yana shunday chuchuk suv ko‘zlaridan 40 tasini ochishni oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar.

26 yanvarda suv ko‘zining topilishi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda qator vazirlik va idoralar rahbarlari, mo‘ynoqliklar hamda Orolning qurigan maydonida mehnat qilayotgan hasharchilar qatnashgan. 

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi M.Yerniyazov yig‘ilganlarni ushbu muhim yangilik bilan qutlagan. Voqea joyiga O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va Bosh prokuror Otabek Murodov tashrif buyurishgan.

Mavzuga oid