Andijon shahar hokimi qarori kuchga kirmaydimi?
Andijon shahar hokimligi o‘zi muassis bo‘lmagan nashrga ko‘rsatma bermoqda, deya xabar beradi Ishonch gazetasi.
Xabarda keltirilishicha, shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev 2018 yilning 8 oktabr va 22 noyabr sanalarida ikkita qaror qabul qiladi. Har ikki qaror matnida "Andijonnoma" tahririyati ijro etishi” nazarda tutilgan bandlar mavjud.Vaholanki, bu gazeta tashkiliy ishlarida shahar hokimligining daxli yo‘q. U viloyat hokimligi muassisligidagi nashr hisoblanadi.
Xabar muallifi Nurillo No‘'monovning yozishicha, «Shahar hokimiyati va tahririyat binosi bir-biridan atigi 20 qadam masofada joylashgan bo‘lsa-da qarorlarning nusxalari biri 55 kun, ikkinchisi roppa-rosa 100 kun o‘tib ─ shu yilning 17 yanvar kuni gazeta jamoasi qo‘liga kelib tushadi. Muhimi bu ham emas. Qizig‘i, hokim qarorining «...rasman e'lon qilingandan boshlab 3 oydan keyin kuchga kiradi» degan bandiyam bor. Aytaylik, viloyat gazetasi tahririyati yuqoridagi qonun talabi hamda subordinatsiya tamoyillariga tayanib uni e'lon qilmasa, hokimning qarori kuchga kirmay qolaveradimi?»
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunda «Yuqori turuvchi davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar quyi organlarning ijrosi uchun majburiydir» (27-modda) deb belgilab qo‘yilgan. «Andijonnoma» viloyat hokimligi muassisligidagi nashr, ya'ni shahar hokimligidan yuqori turuvchi organ hisoblanadi», – deya muallif o‘z fikrini dalillagan.
Mavzuga oid
18:09 / 13.09.2024
Andijonda o‘quvchilarni jazo sifatida o‘tirib-turg‘azgan xodimga chora ko‘rildi
14:38 / 12.09.2024
Andijonda darsga kech kelgan qizlar jazo sifatida o‘tirib-turg‘azildi. Bu mumkin emas
12:19 / 10.09.2024
Andijonda homilador ayolning vafoti bo‘yicha prokuratura tekshiruv o‘tkazadi
16:06 / 09.09.2024