Sport | 17:10 / 29.01.2019
6702
1 daqiqa o‘qiladi

New Year Cup kibersport musobaqasi start olmoqda

Foto: Getty Images

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi Kibersport Professional ligasiga yo‘llanma o‘ynaluvchi O‘zbekiston chempionati doirasida New Year Cup kibersport turniriga start berish arafasida turibdi. Turnir Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

7-28 fevral kunlari kibersportning quyidagi 11ta yo‘nalishi bo‘yicha respublika turnirida ishtirok etishingiz mumkin: Counter Strike: Global Offensive, DOTA 2, World of Tanks, PUBG+mobile, Hearthstone, Mobile Legends, Starcraft 2, Clash Royale, League of Legends, Pro Evolution Soccer 2019 va FIFA 19.

Uzoq kutilgan musobaqa, qoidalar, sovrin jamg‘armasi va ishtirok etish shartlari haqidagi barcha ma'lumotlar tez orada e'lon qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolaga bosish va kerakli ma'lumotni to‘ldirish lozim.

Mavzuga oid