O‘zbekiston | 09:31 / 29.01.2019
9723
1 daqiqa o‘qiladi

STIRni pasportning ma'lumotlar sahifasiga muhr bilan qo‘yish taklifi berildi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida STIRni pasportning ma'lumotlar sahifasiga muhr bilan qo‘yish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

“Qaysi tashkilotga murojaat qilmaylik (bank, soliq, aviakassa, elektr tarmoqlari va boshqalar) STIR (Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami) olib kelishimizni so‘rashmoqda, ba'zan yoddan aytib bersak ham qog‘ozda chiqarilganini so‘rashadi”, - deyiladi murojaatda.

Petitsiya muallifi yozishicha, fuqarolik pasportining ma'lumotlar sahifasiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan STIR yozilgan muhr qo‘yish yo‘lga qo‘yilsa, fuqarolar uchun ovoragarchiliklarning oldi olingan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta'lim muassasalarida yangi tizimni joriy etish taklif qilingandi.

Mavzuga oid