Jahon | 08:41 / 05.02.2019
11795
1 daqiqa o‘qiladi

Dayverning muz ostida suzishi videosi internetda ommalashdi

Foto: jan.kepic

Chexiyalik fridayver Petr Kapounning Milada ko‘lini qoplagan shaffof muz ostida suzib o‘tishi internet ahlini lol qoldirdi. Bu haqda ViralHog nashri xabar berdi. 

Dayver muzda hosil qilingan ikkita maxsus o‘yiq orasidagi 10 metrdan ko‘proq masofani sovuqdan saqlovchi maxsus kiyimsiz suzib o‘tgan. 

Dayverning muz ostida suzishi videosi muzning mutlaq shaffofligi sababli yanada jozibador chiqqan.

Fridayving nafasni ushlagan holda suv ostida suzish turi hisoblanadi.

 

Mavzuga oid