Jamiyat | 13:51 / 07.02.2019
7625
2 daqiqa o‘qiladi

Vagon kupesidagi isitish moslamalariga yashirilgan elektron sigaretlar fosh etildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti hamda Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Moskva–Andijon” yo‘nalishidagi xalqaro qatnov poyezdida yo‘lovchilarning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida umumiy qiymati 182,3 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarni qonunga xilof ravishda olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

Jumladan, poyezd yo‘lovchilari L.Q.va B.B. umumiy qiymati 130,5 million so‘mlik 2630 quti elektron sigaretlarni vagon kupelarining isitish moslamalari orasida yashirib olib kelayotganligi fosh etildi.

Yana bir holatda, yo‘lovchi N.N. umumiy qiymati 51,8 million so‘mlik 8 turdagi parfyumeriya va dori vositalarini bojxona nazoratidan yashirib mamlakatimizga olib kelayotganligi ma'lum bo‘ldi.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha tovar-moddiy boyliklar huquqbuzarlik ashyosi tariqasida olib qo‘yilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid