Jahon | 15:50 / 08.02.2019
5219
2 daqiqa o‘qiladi

Tailand bosh vazirligiga qirolning opasi nomzodi ilgari surilmoqda 

Foto: Athit Perawongmetha / Reuters

Tailand muxolifati mamlakat bosh vazirligiga qirol Maxi Vachiralongkornning opasi nomzodini ilgari surdi, deb xabar berdi The Guardian.

«Txai Raksa Chat» partiyasi 67 yoshli malika Ubol Ratanu hukumat rahbarligi o‘rni uchun kurashga kirishganini tasdiqladi. U hukumat lavozimi uchun nomzodi ko‘rsatilgan ilk qirollik oilasi a'zosiga aylandi. Agarda uning nomzodi tasdiqlansa, malika hozirgi bosh vazir, 2014 yilgi davlat to‘ntarishidan so‘ng hukumat tepasiga kelgan sobiq harbiy Prayutom Chan-Ocha bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi.

Partiyadagilarning qayd etishicha, Ubol Ratana tailandliklarning bugungi hayotidan jiddiy tashvishda va ularga yordam berish niyatida.

Ubol Ratana — marhum qirol Pxumipon Adulyadet va qirolicha Sirikitning to‘ng‘ich farzandi. U 1972 yilda amerikalik fuqaroga turmushga chiqqan va rasmiy qirollik unvonidan voz kechgan. Ayol 1998 yilda turmushidan ajrashgan va 2001 yilda farzandlari bilan vataniga qaytgan. 

Bosh vazirlikka saylov 24 martda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan.

Mavzuga oid