Jahon | 16:06 / 13.02.2019
24400
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml Putin va Tatariston rahbari o‘rtasidagi munosabatlarga oydinlik kiritdi

Foto: Mixail Metsel/TASS

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va Tatariston rahbari Rustam Minnixanov o‘rtasidagi munosabatlarda qandaydir keskinlik bor yoki yo‘qligi haqida ma'lumot berdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

Putin 12 yanvar kuni Qozon shahrida milliy loyihani amalga oshirishga bag‘ishlangan uchrashuv davomida Minnixanovga tanbeh berdi.

Kreml vakili so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarining Tatariston yetakchisiga bo‘lgan «e'tibori» prezident uning ishidan mamnun emasligini anglatmaydi.

«Haqiqatdan, Putin va Minnixanov o‘rtasidagi munosabatlar juda ishonchli. Putin Tataristonda qanday ish olib borilayotganini qadrlaydi, shuning uchun bunday o‘ziga xos munosabat, hazil aralash gap davlat rahbari qandaydir qattiq munosabatda ekani yoki noroziligining belgisi emas», - deya xulosa qilgan Peskov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tatariston prezidenti bir kunda ikki marta Putinni ranjitgandi.

Mavzuga oid