Makedoniyaning NATOga a'zo bo‘lish muddati ma'lum qilindi
Makedoniya 2020 yil bahoriga kelib NATOga to‘laqonli a'zo bo‘lishi mumkin. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, bu haqda 13 fevral, chorshanba kuni o‘z nomini oshkor etishni istamagan, harbiy alyansning amaldori ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO ushbu jarayonni iloji boricha tezlashtirishga harakat qiladi.
«Biz Makedoniyaning a'zo bo‘lishi to‘g‘risidagi bayonnoma NATO barcha davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilinishi jarayoni 12 oyni talab qilishini kutmoqdamiz, ya'ni mamlakat kelgusi bahorda alyansga a'zo bo‘lishi mumkin», - dedi manba.
Makedoniya bu paytga kelib, taklif etilgan a'zo sifatida harbiy alyans ishida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makedoniya parlamentiga kirishda NATO bayrog‘i o‘rnatilgandi.
Mavzuga oid
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024
IISS: Yevropadagi NATO davlatlari AQShga tayanishda davom etmoqda
07:47 / 09.11.2024
KXDRning urushdagi ishtiroki: NATO Ukrainaga yangi yordam va’da qilmoqda
17:30 / 04.11.2024