Sport | 12:56 / 15.02.2019
19889
1 daqiqa o‘qiladi
Runi ichkilikbozlikdan qutula olmayapti
Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» klubining sobiq hujumchisi Ueyn Runi ichkilikbozlikdan aziyat chekmoqda.
Futbolchi Amerikaga ko‘chib o‘tganidan so‘ng ham bu zararli odatini tashlamagan. Hatto uning xotini Kolin ichishni tashlamasa, eriga ajrashish bilan tahdid qilgan, deb yozmoqda The Sun.
Ueyn va Kolin 4 nafar farzandni tarbiyalamoqda. 2018 yil dekabr oyida futbolchi mast holda jamoat joyiga borgani va uyatsiz so‘zlar bilan so‘kingani uchun jarimaga tortilgan edi.
Runi Amerikaning «Di-Si Yunayted» klubi a'zosi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u MLS chempionatida 20ta o‘yin o‘tkazib, 12ta gol urgan.