Abdulaziz Komilov Myunxenda Alan Dunkan bilan muzokaralar o‘tkazdi
2019 yilning 15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Myunxen shahrida (Germaniya) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining tashqi ishlar davlat vaziri Alan Dunkan bilan uchrashdi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, deyiladi TIV xabarida.
Uchrashuvda barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Muzokaralarda O‘zbekiston - Buyuk Britaniya Savdo-sanoat kengashining navbatdagi majlisi hamda uning doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Buyuk Britaniya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga tashrifiga alohida e'tibor qaratildi. Ushbu tadbirlarning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya O‘zbekistonga harbiy sohadagi islohotlar bo‘yicha yordam ko‘rsatishga tayyor ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
16:34 / 13.09.2024