Fan-texnika | 00:45 / 20.02.2019
13239
1 daqiqa o‘qiladi

Aurus Komendant yo‘ltanlamasi taqdimoti qachon bo‘lishi ma'lum qilindi 

Rossiyaning “Kortej” loyihasi doirasida ishlab chiqilayotgan Aurus Komendant yo‘ltanlamasi 2019 yil mart oyida tayyor bo‘ladi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ma'lum qildi. Uning aytishicha, mart oyida yo‘ltanlamasning ilk prototipi namoyish qilinadi

Manturovning ta'kidlashicha, mashina Yaqin Sharqda katta talabga ega bo‘ladi.

Modelning ilk suratiga ko‘ra, u Aurus markasidagi avtomobillar uchun xos tarzda bajariladi, ya'ni katta o‘lchamli radiator panjarasi va ingichka old optikaga ega bo‘ladi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Komendant modeli Senat sedani kabi 4,4 litrli benzinli dvigatel va elektrodvigatel hamda 9 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi.

Mavzuga oid