Light | 21:45 / 21.02.2019
23938
1 daqiqa o‘qiladi

Ichak saratoni oldini olishning eng oson usuli ma'lum qilindi 

Foto: Global Look Press

Xitoyning Shenyan shahridagi tibbiyot universiteti olimlari piyoz va sarimsoqni iste'mol qilish ichak saratoni rivojlanishi xavfini sezilarli kamaytirishini aniqlashdi. Bu haqda Asia Pacific Journal of Clinical Oncology nashrida chop etilgan tadqiqotda ma'lum qilingan.
 
Tadqiqotda 1,6 mingdan ko‘proq erkak va ayol ishtirok etgan. Aniqlanishicha, piyoz va sarimsoqni muntazam iste'mol qilganlarda ichak saratoni rivojlanishi xavfi o‘rtacha 79 foiz past bo‘lgan. Olimlarning aytishicha, piyozdagi biologik faol birikmalar shuningdek ko‘krak bezi va prostata saratonidan himoyalaydi.    

Mutaxassislarning aytishicha, piyozni xomligicha tanovul qilish lozim, chunki qayta ishlangan piyozda zarur kimyoviy moddalar juda oz qoladi.

Mavzuga oid