Jahon | 14:25 / 21.02.2019
7043
1 daqiqa o‘qiladi

Koreyaning sobiq mudofaa vaziri ikki yarim yilga qamaldi

Foto: Yonhap

Seul markaziy sudi Koreya Respublikasining sobiq milliy mudofaa vaziri Kim Gvan Chjinni ikki yarim yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. Bu haqda YTN telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, sud Kim Gvan Chjin kibernetik operatsiyalar boshqarmasidagi xodimlariga prezident Pak Kin Xe hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun onlayn-kampaniya tashkil etishga buyruq bergan deb topdi. 

Onlayn-kampaniya natijasida turli forumlarda prezident hukumatini qo‘llab-quvvatlash mazmunidagi 9 mingdan ortiq postlar chop etilgan.

2010-2014 yillarda mudofaa vazirligini boshqargan sobiq vazir, shuningdek maxfiy moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liq suiiste'molliklarni aniqlash bo‘yicha ichki tekshiruvlarga xalaqit berishga urinishda ayblangan.

Mavzuga oid