Yevrobondlarni joylashtirishdan tushgan pulning bir qismi nimaga sarflanishi ma'lum bo‘ldi
Fevral oyi o‘rtalarida O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marotaba 5 va 10 yillik muddatga ikki transhda 1 milliard dollarlik yevroobligatsiyalarni joylashtirdi. Bu pullarning bir qismi neft-gaz sanoatini rivojlantirishga sarflanadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabarida aytilgan.
Xususan, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtanneftgaz va Gazlineftgaz korxonalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish, neft va gaz qazib chiqarish, geologik qidiruv uskunalarini sotib olish kabi loyihalarga talab etiladigan mablag‘lar mamlakatning yevroobligatsiyalari hisobidan moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.
Spot’ning «Uzbekistan GTL» LLC’ga asosan xabar berishicha, zavod qurilishi faol sur'atlarda davom etmoqda. Shartnomani YeRS kontrakt asosida amalga oshirishning umumiy natijasi 71%dan oshdi. Qurilish ishlari 25 foizdan ko‘proqqa bajarilgan.
Hozirgi vaqtda qurilish maydonchasida metall konstruksiyalar, yerosti va yer usti quvur tarmoqlari o‘rnatilmoqda, bino hamda inshootlar qurilmoqda, kelayotgan texnologik uskunalarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda.
Zavodning batafsil loyihasi yakunlanish bosqichida va 97,1%ga bajarildi, buyurtmalarni joylashtirish, materiallarni ishlab chiqarish va yetkazib berish, shuningdek, qurilish maydonchasiga texnologik uskunalarni olib borish 87%dan ortiqqa yakunlandi.
Fisher-Tropsh reaktorlari - texnologik jarayonning «yuragi» barcha qismlari qurilish maydonchasiga yetkazib berildi. Reaktorlarni yig‘ish va o‘rnatish 42%ga bajarildi.
Mavzuga oid
14:55 / 13.11.2023
Uzbekistan GTL: Istiqbolli korxona dunyoni zabt etish yo‘lida odimlamoqda
21:40 / 25.05.2023
Amerika kompaniyasi GTL zavodiga 1 mlrd dollar investitsiya kiritadi
10:00 / 30.10.2022
“O‘zbekneftgaz”: “Uzbekistan GTL” zavodining ishlab chiqarish quvvati oshirilishi natijasida dizel yonilg‘isi narxi arzonlashtirildi
14:53 / 20.06.2022