LG moslashuvchan ekranlar trendiga javob qaytardi - V50 smartfoni
MWC 2019 ko‘rgazmasida LG korporatsiyasi V50 smartfonini taqdim etdi. Uning asosiy farqi — 5G va alohida g‘ilof shaklidagi ikkinchi displeyida. Zarurat tug‘ilganda uni o‘rnatib, hatto 360 darajagacha qayirish mumkin, deyiladi The Verge'da.
V50 smartfonining asosiy OLED-ekrani diagonali 6,4 dyuymni tashkil qiladi, pikseli - 3120X1440. Qo‘shimcha ekran diagonali esa — 6,2 dyuym.
Smartfon LG'ning 5G va Snapdragon 855 protsessori bilan ta'minlangan birinchi qurilmasi bo‘ldi. V50 yaxshilangan sovutish tizimi va 4000 mAs batareyaga ega bo‘ldi. Qurilmaning orqa tomoniga 12, 16 va 12 MP'li uch kamera o‘rnatildi. Panelning old qismida 8 va 5 MP'li ikki frontal kamera joylangan. Smartfon 6 Gb operativ va 128 Gb ichki xotiraga ega.
Yangi smartfon Dual Screen texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Manbada ta'kidlanishicha, V50 smartfoni narxi va sotuvlar sanasi hozircha noma'lum.
Ta'kidlash joizki, 20 fevral kuni Samsung o‘zining moslashuvchan Galaxy Fold ekranli ilk smartfonini namoyish qildi. Qurilmadan oddiy smartfon ko‘rinishida ham, planshet ko‘rinishida ham foydalanish mumkin. Samsung smartfoni 26 apreldan 2 ming dollar narxda sotilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, 24 fevral kuni Huawei o‘zining moslashuvchan ekranli yangi smartfonini taqdim etdi. Uning sotuvlari ham shu yilda yo‘lga qo‘yilib, 2300 yevroga baholanishi qayd etilmoqda.
Mavzuga oid
12:24 / 06.09.2024
Smartfonlar miya saratoniga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlar asossiz deb topildi
15:18 / 22.04.2024
Prokuratura va qator davlat idoralari qimmatbaho smartfonlar sotib olmoqda
15:32 / 13.04.2024
Narxi 600-800 dollar oralig‘idagi eng ko‘p sotilgan 20 ta smartfon nomi e’lon qilindi
18:51 / 13.03.2024