Poroshenko tashriflaridan biri vaqtida ayolning boshidan shapkasini yulib oldi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bir ayolning boshidan shapkasini yulib olgani videosini muhokama qilishmoqda.
Ma'lum qilinishicha, rolikni birinchi bo‘lib jurnalist Tatyana Visotskaya e'lon qilgan. Uning ta'kidlashicha, video Poroshenkoning 27 fevralda Zaporojyega tashrifi vaqtida suratga olingan.
Videodan Poroshenko xalq bilan uchrashuv vaqtida bir ayol unga nimadir demoqchiligini, biroq Ukraina prezidenti uning boshidagi shapkasini yulib olganini ko‘rish mumkin. Foydalanuvchilar buni shaxsan Poroshenko qilganini ta'kidlashmoqda, biroq videoda ayolning shapkasini aynan Poroshenko yoki uning tansoqchisi yulib olganini ilg‘ash qiyin.
“Ayol undan “Janob prezident, menga shapka ota olmaysizmi?” deb so‘ragan. U esa haqiqiy prezident sifatida xalqqa yo‘q deya olmagan. Buning boshqa sababini ko‘rmayapman”, deb kinoya qilgan bir foydalanuvchi.
“Pyotr irimchi. Ukrainada agar odamning boshidan bosh kiyimini yulib olsang, prezident bo‘lasan, degan udum bor”, deb kesatib olgan boshqa bir foydalanuvchi.
“Shapkasini yechib olganmish. Kallasini shashka [qilich turi – tahr.] bilan uzib olishi ham mumkin edi”, degan boshqasi.
“Petya, nimaga shapkani yechib olding? Marivanna bilasizmi, uning o‘zi birinchi boshladi”, deb kinoya qilishda davom etgan yana bir foydalanuvchi.
Bundan avvalroq Poroshenko Chervonogradga tashrifi vaqtida unga “Lvovugol” kompaniyasidagi qarzlar haqida savol bergan mahalliy fuqaroni “o‘z uslubida chaqib olgan”. “Men qanday balerina bo‘lsam, siz shunday konchi ekansiz”, deb tanbeh bergan Poroshenko.
Mavzuga oid
12:12 / 09.05.2024
Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
10:07 / 09.05.2024
Poroshenko Germaniyani Ukrainadan kelgan erkaklarni moliyalashtirmaslikka chaqirdi
21:24 / 02.10.2023
Shavkat Mirziyoyevning Qatarga davlat tashrifi yakunlandi
09:05 / 22.10.2022