Jahon | 13:24 / 28.02.2019
8795
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Hindiston va Pokistonni vazminlikka chaqirdi

Foto: EPA/KIMIMASA MAYAMA

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kononing ma'lum qilishicha, Tokio Hindiston va Pokistonni hozirgi mojaroga muloqot yo‘li bilan yechim topishga chaqiradi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Yaponiya Kashmirdagi vaziyat keskinlashib ketganidan xavotirga tushmoqda», - dedi Kono.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Tokio Islomobodni terrorchilarga qarshi qat'iy choralar ko‘rishga chaqiradi.

Kononing qayd etishicha, Yaponiya har ikki tomonni ham vazmin bo‘lishga chaqiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston va Hindiston yana bir-biriga o‘t ochgandi.

Mavzuga oid